Riga shahridagi aylanma tomosha gʻildiragining BKT kichik shinalari harakatga keltirishda yordam beradi

01.05.2025

17-aprel kuni, Pasxa bayrami arafasida, Rigada Boltiqboʻyi mamlakatlaridagi eng baland tomosha  gʻildiragining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu attraksionning balandligi 65 metr boʻlib, bir vaqtda 30 ta kabinada 240 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi.

Tomosha g‘ildiragini harakatga keltiruvchi mexanizmda BKT Maglift markasidagi 8 dona 8.15-15 (28X9-15) o‘lchamdagi, (Non Marking) to‘liq quyma shinalar ishlatilgan. Odatda, iz qoldirmaydigan shinalar oziq-ovqat, farmatsevtika va gigiyena talablariga ega bo‘lgan boshqa korxonalarda ishlovchi forkliftlar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu loyiha uchun BKT Maglift Non Marking shinalari nafaqat tashqi ko‘rinish jihatidan, balki yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati bilan ham juda mos keldi.

Mazkur loyiha uchun BKT shinalarini Latviya hududidagi Bohnenkamp kompaniyasining dileri yetkazib berdi va texnik jihatdan Bohnenkamp mutaxassislari bevosita yordam ko‘rsatdilar.

Fotogalereya

Sahifa topilmadi